"Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvdan oldin "Arsenal"ning yana bir yetakchisi jarohat oldi

Khoja
16 sen 2024, 10:18
"Arsenal" yetakchisi Bukayo Saka ""Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

Futbolchi 86-daqiqada o'zini noqulay his qilgan va murabbiylardan uni zaxiraga olishlarini so'ragan. 

Hozircha Sakaga aniq tashxis qo'yilmadi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" APLning navbatdagi turida "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, avvalroq "to'pchilar" sardori Martin Edegor FIFA kunlarida jarohat olib, bir oyga safdan chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com