"Manchester Siti" yozda transferlar uchun 200 million funt ishlatishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
22 mar 2015, 21:30
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini yozda jamoani kuchaytirish uchun rahbariyatdan 200 million funt olishi mumkin.
Yillik moliyaviy aylanmasi 400 million funt bo'lgan "shaharliklar" bu borada moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaydilar.

Xabarlarga qaraganda, "Siti" o'z safiga Kevin de Bryuyne, Pol Pogba, Jek Uilshir, Koke, Raxim Sterling va Layven Kurzava kabi futbolchilarni qo'shib olmoqchilar.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru