"Manchester Siti" Xolandni xarid qilmoqchi

Alisher
13 mar 2021, 13:11
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.

Takidlash kerakki, "shaharliklar" istedodli futbolchi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

Norvegiyalik futbolchiga shuningdek Londonning "Chelsi" va Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

Erling "Borussiya"da 2020 yilning yanvaridan beri o'ynaydi. U Dortmundga "Zalcburg"dan 20 million evro evaziga o'tgan edi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail