

Bild jurnalisti Kristian Falkning ma'lumotlariga ko'ra, "shaharliklar" "Bayer"ga 22 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha taklif yuborgan.
"Manchester Siti" "Bavariya" Vircning transferi ustida ishlayotgan bir paytda nemis futbolchisini hoziroq o'z safiga qo'shib olishga qaror qildi.
Ingliz klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Vircning jamoani tark etayotgan Kevin de Bryuynening o'rnini egallashini xohlamoqda.



