"Manchester Siti", "Real" va "Chelsi" klublar o'rtasidagi JCH-2025da ishtirok etishi aniq bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2023, 08:15
"Real", "Manchester Siti" va "Chelsi" 2025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ynaydi.

Ushbu musobaqa endi yangicha formatda o'tkaziladi va unda 32 ta jamoa qatnashadi. FIFA mazkur musobaqaga AQSH mezbonlik qilishini e'lon qilgan. 

"Real", "Manchester Siti" va "Chelsi" Chempionlar ligasi g'oliblari sifatida mazkur musobaqada ishtirok etishadi. 

Avvalroq, mazkur musobaqada Osiyodan qaysi jamoalar ishtirok etishi aniq bo'lib ulgurgani haqida ma'lum qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN