"Real" "Benfika"ning 50 millionlik futbolchisini tekinga qo'lga kiritadi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2025, 00:54
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlanganidan keyin "Real" "Benfika" chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras bilan shartnoma imzolaydi.

Madrid klubi ushbu transfer uchun futbolchisi Rafael Obradorni Portugaliya klubiga beradi.

Shu orqali "Real" shartnomasida 50 million evro tovon puli ko'rsatilgan futbolchini tekinga qo'lga kiritadi.

O'tgan mavsumda futbolchi Portugaliya chempionatining 32 o'yinida qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As