Samuele Inasio: "Klublar o'rtasidagi jahon chempionati men uchun mundial oldidan tajriba bo'ldi"

Оқил Абдубарноев
17 noya 2025, 12:10
Italiya U-17 terma jamoasi hujumchisi Samuele Inasio O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Borussiya Dortmund"ning asosiy jamoasi bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish men uchun juda noyob tajriba bo'ldi. 

Jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilish – bolalikdagi orzuning ushalishi demakdir. Bu jarayon har bir bolaning istagi bo'lsa kerak. Terma jamoa libosini kiyish so'z bilan tariflab bo'lmaydigan, o'ziga xos hissiyot bag'ishlaydi", dedi "Borussiya Dortmund" futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com