Yangi talqindagi ilk Klublar o'rtasidagi JCH AQSHda o'tkaziladi. Unda OFKdan nechta jamoa qatnashadi?

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2023, 21:31
Bugun FIFA Kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda 2025 yilda o'tkaziladigan Klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi e'lon qilindi. Klublar o'rtasidagi munidalning yangi talqindagi ilk turniri AQSHda o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, 2025 yil AQSHda o'tadigan yangi talqindagi Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida 32ta klub ishtirok etadi. Musobaqada OFK, AFK (Afrika) va KONKAKAFdan 4tadan, KONMEBOLdan 6ta, OFK (Okeaniya)dan 1ta va UEFAdan 12ta klub ishtirok etadi. Shu bilan birga, musobaqaga mezbonlik qiladigan AQSHga bitta o'rin ajratib beriladi.

Ayni damda OFKdan AQSHdagi klublar o'rtasidagi mundialda ishtirok etadigan 2 jamoa nomi ma'lum: "Al Hilol" (OFK Chempionlar ligasi-2021 g'olibi) va "Urava Red Daymonds" (OFK Chempionlar ligasi-2022 g'olibi).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia