"Manchester Siti" o'zining rekordini yangiladi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2019, 18:48
"Manchester Siti" Angliya Premer-ligasining 35-turida "Tottenxem"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Bahsdagi yagona gol Fil Foden hisobiga yozildi.

Bu "shaharliklar"ning uy stadionida erishgan 25-g'alabasi (barcha turnirlarda). Ushbu natija "Manchester Siti" tarixidagi rekord hisoblanadi.

"Manchester Siti" ayni damda 86 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports