"Manchester Siti" o'z hujumchisini sotmoqchi. Vaziyatni MYU kuzatmoqda

Mirjalol Normatov
12 may 2019, 10:41
"Manchester Siti" o'z hujumchisi Gabriel Jezusni sotib yubormoqchi.

"A Bola" xabariga ko'ra, "shaharliklar" braziliyalikni sotib yuborish orqali "Benfika" futbolchisi Joau Felish xaridi uchun mablag' ishlab olmoqchi.

19 yoshli xavbekning transfer narxi 115 million evroga teng bo'lib turibdi.

Bu mavsumda 46 o'yin o'tkazib, 19 gol kiritgan Jezus borasidagi vaziyatni "Manchester Yunayted" kuzatib bormoqda. "Yunayted" yozda Romelu Lukakuni sotib yuborib, o'rniga Jezusni xarid qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola