

Bu haqda jironaliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
19 yoshli xavbek shaharliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan bo'lib, uning transfer narxi 12 mln. evro atrofini tashkil qilgani taxmin qilinmoqda. Porro LaLiganing o'tgan mavsumida 32 o'yin o'tkazib, 4ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Siti rahbarlari Jironaning egasi ham hisoblanadi va klub yangi mavsumni Segundada o'tkazadi.




