"Manchester Siti" Ispaniya terma jamoasi himoyachisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026, 18:55
"Shaharliklar" yozda o'ng qanot himoyachisi poziciyasiga yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda.

Xabar berishlaricha, "Manchester Siti" ro'yxatida "Tottenxem" futbolchisi Pedro Porro ham bor.

Qayd etilishicha, agar "Tottenxem" pastga tushib ketsa, "Manchester Siti" Porroni bozor narxidan ancha arzonroqqa sotib olishi mumkin. "Shaharliklar" Pedroni yaxshi tajribaga ega ishonchli variant sifatida ko'rmoqda.

26 yoshli Pedro Porro Ispaniya terma jamoasi safida 15 o'yin o'tkazgan. Himoyachining "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o'rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt portali o'yinchini 40 million evro deb baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider