"Manchester Siti" Germaniya terma jamoasi himoyachisi uchun "Real" bilan kurashishi mumkin

Administrator
15 okt 2025, 08:56
22 yoshli Nataniel Braunga juda ko'p klublar qiziqish bildirmoqda.

Germaniya terma jamoasi va "Ayntraxt"ning chap qanot himoyachisi Nataniel Braunga "Manchester Siti," "Arsenal" va "Real" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar berdi. Manba ma'lumotlariga ko'ra, joriy mavsumda bir qator ajoyib o'yinlar namoyish etgandan so'ng 22 yoshli futbolchini "Milan" klubi bilan ham bog'lashmoqda.

Jurnalist Florian Plettenbergning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida yozilishicha, "Ayntraxt" Braunning transferi uchun kamida 60 million evro talab qilishmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 8 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta gol uzatmasini amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Bild