"Manchester Siti" futbolchisi "Volfsburg"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
4 avg 2019, 10:41
Germaniya yoshlar termasi hujumchisi Lukas Nmecha ijara asosida "Volfsburg"ga o'tdi.

Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar berdi. U jamoa tarkibida 22-raqamda o'ynaydi.

20 yoshli Nmecha o'tgan mavsumda "Manchester Siti" tomonidan "Preston"ga ijaraga berilgandi. Ushbu klub tarkibida u Chempionshipning 41 o'yinida 3 gol urib, 8 golga assistentlik qilgandi.

"Volfsburg" esa o'tgan mavsumni 6-o'rinda yakunladi. Ular Bundesliganing yangi mavsumi ilk turida "Kyoln"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal