"Manchester Siti" futbolchisi Qozog'iston bilan o'yindan so'ng Dastan Satpaevni maqtadi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2025, 14:25
"Manchester Siti" va Belgiya terma jamoasi vingeri Jeremi Doku sports24.kz nashriga bergan eksklyuziv intervyusida JCH-2026 saralashida Qozog'istonga qarshi o'yindagi g'alaba haqidagi taassurotlari haqida gapirdi.

"O'ylaymanki, Qozog'iston terma jamoasi, ayniqsa, uchrashuvning birinchi yarim soatida yaxshi ko'rindi. Jamoa himoyada yaxshi o'ynadi va qarshi hujumga o'tish imkoniyatiga ega edi. Bu gol o'tkazib yuborilishidan oldin bo'lgan edi. 19-raqamli Dastan Satpaevni alohida takidlagan bo'lardim – uning o'yini menda yaxshi taassurot qoldirdi. Umuman olganda, yigit maydonda juda ko'p kuch sarfladi, endi u uchun tinmay ishlashda davom etish muhim", – dedi Doku.

Qozog'iston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichida Belgiyaga mehmonda 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

JCH-2026 saralashi

Belgiya – Qozog'iston 6:0

Gollar: Kevin De Bryuyne, 42 (1:0), Jeremi Doku, 44 (2:0), Nikolas Raskin, 51, Jeremi Doku, 60 (4:0), Kevin De Bryuyne, 84 (5:0), Toma Mene, 87 (6:0)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sports24.kz