"Manchester Siti" darvozaboni: "Zarur bo'lsa, yarim himoyada ham o'ynay olaman"

Tolibjon Qosimov
9 fev 2018, 20:04
"Manchester Siti" darvozaboni Ederson yarim himoya chizig'ida ham o'ynay olishi haqida gapirdi.

"Benfika"ning yoshlar jamoasida o'yinchi etmay qolsa, meni yarim himoyaga qo'yishardi va men uyaltirmaganman. Agar, kerak bo'lsa, yana o'rta chiziqda o'ynay olaman. Bu oson emas, ayniqsa Premer-ligada. Lekin, men uchun bu chaqiruv bo'ladi.

Jamoamizda ko'plab yaxshi yarim himoyachilar bor, lekin men uchun to'p bilan oyoqda o'ynash hamisha qulay bo'lgan. O'ylashimcha, bu tug'ma qobiliyat", - dedi Ederson.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com