Ederson: "Futbolda barcha narsa bo'lishi mumkin"

Mirjalol Normatov
26 dek 2019
"Manchester Siti" golkiperi Ederson Moraes APL chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.

"Nafaqat Alisson, balki, Firmino va Fabino kabi futbolchilar bilan ham munosabatlarim a'lo darajada.

Agarda ikki jamoa futbolchilari bir kunda dam oladigan bo'lsa, yig'ilib, barbekyu tayyorlaymiz. To'g'ri, har doim ham bunday bo'lmaydi. Ko'plab o'yinlar va safarlardan keyin shunday yig'ilib hordiq chiqarish yaxshi holat. Biz faqatgina maydonda raqibmiz.

"Liverpul" bilan farq anchagina katta, biroq biz ham ishlashda davom etishimiz kerak. G'alabalarga erishish uchun barcha ishni bajarish kerak.

To'g'ri, "Liverpul" mavsumni ajoyib tarzda o'tkazmoqda, biroq futbolda barchasi bo'lishi mumkin. Biz barcha natijalarga tayyor turishimiz kerak", - dedi Ederson.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports