"Manchester Siti" chempionligidan Rossiya jamoasi foyda ko'radi

Mirjalol Normatov
19 apr 2018, 20:46
"Ufa" klubi "Manchester Siti"ning APLda chempion bo'lgani sababli moliyaviy bonus oladi.

Bu haqda "Izvestiya" nashri tomonidan xabar berilmoqda: "Aleksandr Zinchenko yosh futbolchi sifatida katta bo'lmagan narx evaziga transfer qilingan. Ushbu transfer ishlari amalga oshayotgan vaqtda "Manchester Siti" chempion bo'lsa, "Ufa"ga moliyaviy bonus berilishi kelishib olingandi", - deyiladi xabarda.

Hozircha moliyaviy bonusning miqdori ma'lum emas. Zinchenko Pep Gvardiola jamoasiga 2016 yilda borib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Izvestiya