"Manchester Siti" braziliyalik hujumchi bo'yicha "Gremio"ga taklif yubordi

28 iyun 2019, 08:55
Everton Soares ingliz klubiga o'tishi mumkin.

"Manchester Siti" braziliyalik hujumchi Everton Soares bo'yicha "Gremio"ga taklif yubordi. Unga ko'ra "shaharliklar" hujumchi uchun 36 mln funt taklif qilgan. Futbolchining o'ziga esa 5 yillik shartnoma va yiliga 4 mln funtlik maosh tayyorlab qo'yilgan.

Everton ayni damda Braziliya terma jamoasi bilan Kopa Amerika-2019 musobaqasida ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportsmole