

"Football Insider" xabariga ko'ra, "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola jamoasining qanot himoyasini kuchaytirishni istamoqda va bu borada bir qancha nomzodlarni ham tanlab qo'ygan. Ularning ichidan Tirni ham o'rin olgan.
Kiran Tirni 2019 yili 27 mln evro evaziga "Seltik"dan transfer qilingandi. Shu davr mobaynida u jamoa tarkibida 118 o'yinda qatnashib, 5 gol va 14 assist qayd etdi.
Ushbu mavsumda u raqobatda o'z joyini "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga o'tgan Oleksandr Zinchenkoga bo'shatib bergan.



