"Manchester Siti" afsonaviy Chiki Begiristayn bilan hayrlashdi, u Abduqodir Husanovning transferida muhim o'rin tutgan

Mirjalol Normatov
31 iyul 2025, 23:12
"Manchester Siti" matbuot xizmati klub direktorlaridan biri Chiki Begiristaynning klubdan ketganini ma'lum qildi.

Ushbu mutaxassis 2003-2010 yillarda "Barselona"da ishlagan, 2012 yildan beri "Manchester Siti" tizimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ma'lumot uchun Chiki Begiristayn Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishida muhim o'rin tutgan shahs hisoblanadi. 13 yillik faoliyati davomida klub 21 ta katta sovrinni qo'lga kiritdi. Shuningdek, u Pep Gvardiolaning tayinlanuvida ham katta ahamiyatga ega shahs bo'lgan.

Endi uning klubdagi o'rnini Ugo Viano egallaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/mancity