

Pep Gvardiola shogirdlari ketma-ket uchta rasmiy uchrashuvda gol urishmagan. Bu hodisa "shaharliklar" bilan 2007 yil martidan buyon birinchi marta sodir bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Man Siti" Angliya Superkubogi doirasida "Lester" (0:1)ga hamda o'tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida "Chelsi"ga (0:1) yutqazgandi.
"Shaharliklar"ning navbatdagi o'yini 21 avgust kuni bo'lib o'tadi. Jamoa APLning 2-turida "Norvich" bilan kuch sinashadi.



