

"Surxon" klubi legioneri Shamil Gasanov Moskva shahrida giyoxvand moddalar bilan qo'lga tushgan. Bu haqda "Mutko protiv" telegram kanali xabar berdi.
Manbaning xabar qilishicha, Gasanov 6 iyun kuni tunda yo'lning belgilanmagan qismidan kesib o'tayotgan payti policiya tomonidan to'xtatilgan. Gasanovning o'zini tutishi yo'l-patrul xizmati vakillarida shubha paydo qilgan. Futbolchi tekshirilganda uning yonidan noma'lum modda topilgan.
Ekspertizadan keyin bu 0,54 gramm mefedron moddasi ekani ma'lum bo'lgan. Gasanovga esa jinoiy ish ochilgan.
