

Saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lumotiga ko'ra, Samvel Babayan "Andijon" bosh murabbiyiga aylandi. U bugun futbolchilar oldida tanishtirildi.
Qayd etilishicha, Samvel Babayan oldiga jamoani Superligada chempion qilish vazifasi qo'yiladi. Tarkibga qanday futbolchilar taklif etilishi yangi mavsum smetasiga bog'liq bo'ladi.
Ma'lumot uchun - "Andijon" Superliganing so'nggi turida "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 30 noyabr kuni 15:00da start oladi.



