"Man Siti" so'nggi lahzalarda Kundeni ilib ketmoqchi edi, ammo francuz "Barselona"ga o'tishni xohladi

Alisher
28 iyul 2022, 18:12
Ushbu mavsumlar oralig'ida Jyul Kunde uchun nafaqat "Barselona" va "Chelsi" kurashishdi.

Balki, "Sevilya" himoyachisini so'nggi lahzalarda "Manchester Siti" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.

Ammo, francuz Kataloniya klubiga o'tishga rozilik berdi. Transferning tez orada rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

"Barsa" 23 yoshli Kunde uchun 50+5 mln evro to'laydi. Shartnoma esa 2027 yilga qadar mo'ljallanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr