"Man Siti" Messiga 5 yil uchun 500 mln evro to'laydi (Tankredi Palmeri)

31 avg 2020, 00:39
"Barselona" forvardi Lionel Messi ingliz klubiga ko'chib o'tgan taqdirda qancha maosh olishi malub bo'ldi.

beIN Sports jurnalisti Tankredi Palmerining takilashicha, "Manchester Siti" rahbariyati argentinalik charm to'p ustasiga 5 yil uchun 500 million evro to'lashga tayyor ekan.

Hujumchi har mavsum uchun 50 million evro maosh oladi (5 yil). Bundan tashqari, Messi shartnoma bo'yicha "Man Siti"da 3 yil o'ynagach, "Nyu-York Siti" safiga ko'chib o'tishi kerak. Argentinalik futbolchi MLS vakili safiga qo'shilishi bilan 250 mln evro bonusga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: beIN Sports