"Man. Siti" Gyundogan bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo futbolchi "Barselona"ga o'tmoqchi deb o'ylashyapti

Aslanov Jasurbek
28 mar 2023, 00:29
Ilkay Gyundogan "Manchester Siti"da qolmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" 32 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor. Klub rahbariyati unga bir yillik bitim taklif qilmoqchi, ammo ular futbolchi "Barselona"ga o'tishga qaror qilgan deb o'ylashmoqda.

Kataloniya klubi va Gyundogan o'rtasidagi muzokaralar faol davom etmoqda va bir necha oydan beri to'xtayotgani yo'q. "Blaugrana" futbolchiga 2 yillik bitim taklif qilmoqchi, ammo bu klubning moliyaviy holatiga bog'liq.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport