Maksim Shackix: “Transfer oynasi yopilgunicha 2-3 nafar yangi o'yinchi olamiz”

Mirjalol Normatov
19 iyul 2025, 01:17
“Andijon” – “Esxata” (4:2) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvdan keyin andijonliklar bosh murabbiyi Maksim Shackix klub matbuot xizmati savollariga javob qaytardi.

- Maksim Aleksandrovich, o'yin haqida nima deya olasiz?

- Umuman olganda, yaxshi. Yig'in davomida yigitlarga yaxshigina jismoniy yuklama bermoqdamiz. Shu sabab birinchi sparring raqib bilan o'yin normal bo'ldi. 45 daqiqadan ikkala taymda o'ynagan futbolchilar berilgan ko'rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. 

- Uchrashuvda maydonda harakat qilgan yangi o'yinchilarning harakatlaridan qoniqdingizmi?

- Bitta o'yindan keyin fikr aytish qiyin. Hamma yangi o'yinchilarimiz o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishmoqda, o'yinlaridan qoniqish hosil qildim.

- Selekiya borasida yana transferlar bo'ladimi?

- Albatta, tarkibni kuchaytirishda davom etamiz. Bir qancha poziciyalarimizni kuchaytirish talab etmoqda. Transfer oynasi yopilguniga qadar 2-3 nafar yangi o'yinchi olamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати