Maklishga chiqish eshiklari ko'rsatildi

18 apr 2019, 21:38
Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi Aleks Maklishning mamlakat terma jamoasidan iste'foga chiqarilganligini ma'lum qildi.

Ikkala tomonning o'zaro kelishiuv bilan 60 yoshli murabbiyning shartnomasi bekor qilindi.

Maklish 2018 yilning fevralida ikkinchi bor Shotlandiya termasi boshqaruvini qo'lga olgandi. Bungacha u 2007 yilda ham ushbu vazifada ishlagan edi.

Maklish qo'l ostida shotlandiyaliklar oltita o'rtoqlik o'yini (1 g'alaba, 5 mag'lubiyat) Millatlar ligasida 4 ta o'yin (3 g'alaba, bir mag'lubiyat) va Evro-2020 saralash bosqichida ikkita o'yin (Qozog'iston -0:3, San Marino-2:0) o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Шотландиф ФА расмий сайти