

Jazoirlik futbolchi bahsning 28-daqiqasida to'pig'idan jarohat olib, maydonni tark etdi.
"Uning to'pig'ida muammolar bor. Hozircha boshqa ma'lumot bilmayman. Jarohatlanganlarning o'rniga boshqa futbolchilar yo'qligi meni tashvishga solmoqda", - dedi Xosep Gvardiola.
27 yoshli futbolchining jarohati borasida hali rasmiy ma'lumot berilmadi.



