Maguayr tanqidlarni qanday qabul qilishi haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyun 2022, 08:10
Angliya terma jamoasi himoyachisi Garri Maguayr o'zi tomon bo'ladigan tanqidlarni qay darajada qabul qilishi haqida gapirdi.

"Menga tashlanib, bundan ham yaxshiroq o'ynay olishim mumkinligi haqida gapiradigan odamlarni to'g'ri qabul qila oladigan darajada yoshim katta. Lekin barcha narsaning chegarasi bor, hammamiz insonmiz, mening ham oilam bor. 

Odamlar bu menga ta’sir qilish yoki qilmasligi haqida so'rashadi. Mening xarakterim shunday: bu qattiq ta’sir qilmaydi. Lekin portlatish haqidagi tahdidlar bo'lganida, gap oila haqida ketayotgan bo'ladi. Hali farzandlarim bunday narsalarni o'qiy olmasliklari, bu haqidagi yangiliklarni ko'ra olmasliklaridan xursandman. 

Biroz shokka tushdim. Ingliz muxlislari bilan munosabatlar doim yaxshi bo'lgandi. 

Agar bunday holat faoliyatimning ertaroq qismida bo'lganida, bu men uchun oson o'tmasdi", - dedi Maguayr. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Telegraph