Lyov: "Vengriya avtobus qo'ydi. Angliya esa o'z uyida hujum qiladi"

Aziz Tukhtamuradov
25 iyun 2021, 09:58
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Angliyaga qarshi Evro-2020 1/8 final o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hayajonlanmayapman. Bu umuman boshqacha o'yin bo'ladi. Vengriya avtobus qo'yib oldi - barcha to'p bilan bir chiziqda edi. Angliyaga qarshi esa barchasi boshqacha bo'ladi: jamoa uyida o'ynaydi va hujum qiladi. O'yin Vengriyaga qaraganda ochiqroq bo'ladi. 

Biz yanada kuchayishimiz kerak va buni tushunib turibmiz. Standart vaziyatlarda to'p bilan muomala qilishda ehtiyotkor bo'lishimiz lozim. Angliya bilan o'yinda avvalgi xatolarni qaytarmasligimiz kerak. Ammo bu umuman boshqacha o'yin bo'ladi. Biz bahsni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz", - dedi Lyov.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Get German Football News