Kot-d'Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi Sabri Lyamushi hujumchi Jervino "Roma"ga o'tib o'z o'yinini yanada kuchaytirib olgan deb hisoblaydi.
"Jervinoga ishonish kerak xolos. "Roma" ajoyib transferni amalga oshirdi. Bu o'tish terma jamoamizga ham foyda keltirdi. Axir Jervino endi baxtli futbolchiga aylandi", - deydi Lyamushi.