Lukaku "Yuventus"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
4 yanv 2021, 13:24
"Inter" forvardi Romelu Lukaku Italiya A Seriyasi 15-tur doirasidagi "Krotone" (6:2)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

O'tkazilgan ko'rikdan so'ng belgiyalik hujumchida o'ng sonning mushaklari shikastlangani ma'lum bo'ldi.

Shu jarohat sabab Lukaku o'z jamoasining yaqin 4 o'yinini, jumladan 17 yanvarda bo'lib o'tadigan "Yuventus"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

27 yoshli to'purar joriy mavsum A Seriya doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport