Lukaku Saudiya Arabistonidan tushgan yangi taklifni rad etdi

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2023, 23:34
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku Saudiya Arabistonidan kelgan taklifni ikkinchi bor rad etdi.

Manbaga ko'ra, unga yo'llangan dastlabki taklif (ikki yilga 25 million evro) 30 million evroga oshirilgan, ammo bu ham Lukakuning qarorini o'zgartirmagan. 

Futbolchi 30 yoshida arab mamlakatiga ko'chib o'tishni erta deb hisoblamoqda va hech bo'lmaganda 2026 yilgi jahon chempionatiga qadar Yevropada o'ynashni xohlaydi.

O'tgan mavsum forvard "Inter" safida barcha turnirlar doirasida 36 o'yinda maydonga tushib, 14 gol urgan va 7 golga assistentlik qilgan. 

Transfermarkt portaliga ko'ra, 30 yoshli futbolchining narxi 40 million evroni tashkil qiladi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport