Luis Suares: "Messini mundialda ko'rmaslik og'ir bo'lardi"

Tolibjon Qosimov
11 okt 2017
"Barselona"ning urugvaylik hujumchisi Luis Suarez Jahon chempionatini klubdagi jamoadoshi Lionel Messisiz tasavvur qila olmasligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi faqatgina oxirgi turda Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.

"Biz Messi bilan do'stmiz, shuning uchun uni mundialda ko'rmaslik og'ir bo'lardi. Argentina terma jamoasining ishtiroki saralash bosqichi qanchalik qiyin ekanligini isbotladi. Shu sabab, argentinaliklar Jahon chempionatidan chetda qolishlariga bir qadam qoldi", - dedi Suarez.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es