Ludogorec – Styaua. Himoyachi Moci penaltilar seriyasida ikkita zarbani qaytardi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2014, 08:36
Ludogorec himoyachisi Kosmin Moci YCHL pley-off bosqichi doirasidagi Styauaga qarshi o'yin so'nggida (1:0, penaltilar seriyasi – 6:5) darvozaga turishga majbur bo'ldi.
Bolgariya klubi posboni Vladislav Stoyanov 119-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi. O'zgarishlar qolmagani tufayli darvozani himoyachi qo'riqladi.

Moci penaltilar seriyasi vaqtida Styauaning ikki futbolchisi bergan zarbalarni qaytardi va Ludogorecni YCHL guruh bosqichiga olib chiqdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru