Luchano Spalletti Yevropaning eng yaxshi murabbiylari ro'yxatini boshqarmoqda (Goal)

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2023, 16:48
Goal.com eng kuchli murabbiylar reytingini tuzdi.

Ro'yxatni shakllantirishda ularning 2022-23 yilgi mavsumdagi ish sifati inobatga olingan.

 Yevropaning eng yaxshi murabbiylari (TOP-21):

21. Marko Roze, "RB Leyptsig", Bundesligada 3-o'rin;

20. Raffaele Palladino, "Monca", A Seriyada 10-pog'ona;

19. Gari O′Nil, "Bornmut", APLda 15-o'rin;

18. Xagoba Arrasate, "Osasuna", La Ligada 7-o'rin;

17. Kristian Shtrayx, "Frayburg", Bundesligada 5-pog'ona;

16. Xose Luis Mendilibar, "Sevilya", La Ligada 11-o'rin, Yevropa Ligasida g'alaba;

15. Imanol Alguasil, "Real Sosedad", La Ligada 4-pog'ona;

14. Simone Inzagi, "Inter", A Seriyada 3-o'rin, Chempionlar Ligasi finali.

13. Erik ten Hag, "Manchester Yunayted", APLda 3-pog'ona;

12. Paskal Gasten, "Klermon", Liga 1 da 8-o'rin;

11. Eddi Xau, "Nyukasl", APLda 4-pog'ona;

10. Unai Emeri, "Aston Villa", APLda 7-o'rin;

9. Mauricio Sarri, "Lacio", A Seriyada 2-pog'ona;

8. Mikel Arteta, "Arsenal", APLda 2-o'rin;

7. Roberto De Dzerbi, "Brayton", APLda 6-pog'ona;

6. Urs Fisher, "Union" Berlin, Bundesligada 4-o'rin;

5. Xavi, "Barselona", La Liga va Ispaniya Superkubogida g'alaba;

4. Arne Slot, "Feyenoord", Niderlandiya chempionatida g'alaba;

3. Pep Gvardiola, "Manchester Siti", APLda g'alaba, Chempionlar Ligasi va Angli Kubogi finali;

2. Frank Es, "Lans", Liga 1 da 2-o'rin;

1. Luchano Spalletti, "Napoli", A Seriyada g'alaba.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com