Lopetegi kutilmaganda "Sevilya"dan ketishni maqul ko'rdi

Mirjalol Normatov
15 may 2022, 11:33
Bosh murabbiy Xulen Lopetegi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Sevilya"dan ketadi.

Jurnalist Xose Manuel Garsiyaning yozishicha, ispaniyalik mutaxassis boshqa klubda ishlashni maqul ko'rgan. Uning Andaluziya klubi bilan kelishuvi 2024 yil yoziga qadar davom etishi kerak edi. Ammo mutaxassis shartnomada ko'rsatilgani bo'yicha klubdan ketish bandini ishlatdi.

"Sevilya" YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritganidan keyin Lopetegining iste'fosini e'lon qilishi kutilmoqda.

Musobaqa yakuniga 2 tur qolganida turnir jadvalida 4-o'rinda borayotgan "Sevilya" yaqin taqibchisi "Betis"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca