"Lokomotiv"ning guruhdoshi OCHL tarixiga kirdi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2018, 23:06
OCHL-2018 guruh bosqichi 6-turida Qatarning "Al Duhail" klubi "Al Vahda"ni mag'lub etdi - 1:0.

Shu tariqa, qatarliklar guruh bosqichidagi 6ta o'yinning barchasida g'olib bo'lishdi. "Al Duhail" Osiyo chempionlar ligasi tarixi xozirgi formatida (2004 yildan boshlab o'tkazib kelinmoqda) guruh bosqichidagi 6ta o'yinning barchasida g'alaba qozongan to'rtinchi klubga aylandi.

Bundan tashqari "Al Duhail" G'arb mintaqasida bunday natija qayd etgan dastlabki klubga aylandi.


OCHL guruh bosqichida 6ta o'yinda 6ta g'alabaga erishgan klublar

2005 - "Shandong Luneng" (Xitoy)
2005 - "Pusan I Park" (Janubiy Koreya)
2010 - "Kashima Antlers" (Yaponiya)
2018 - "Al Duhail" (Qatar)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia