"Lokomotiv"ga o'tgan koreyalik hujumchi o'tgan mavsum nechta gol urgan?

Narzulla Saydullayev
1 fev 2018, 20:11
Bugun "Lokomotiv" klubi o'z safiga koreyalik hujumchini qo'shib olgani haqida xabar chiqdi.

Bunga Janubiy Koreyada yashayotgan o'zbekistonlik Otabek Yo'ldoshev o'z munosabatini bildirdi.

"Cho Suk Jae emas - Cho Sok Je bo'ladi. O'tgan mavsum Janubiy Koreyaning pastki ligasi - K-liga Chellenjda 10ta jamoa orasida 7-o'rinni olgan "Anyang" klubida o'ynagan. Statistikasi: hujumchi bo'laturib, 28ta o'yinda atigi 7ta gol urgan", - deb yozadi Otabek Yo'ldoshev tvittyerdagi o'z sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia