"Lokomotiv" "Qo'qon-1912" bilan o'yinga xush kayfiyatda hozirlik ko'rmoqda + FOTO

Aziz Tukhtamuradov
23 okt 2017, 17:21
Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" 25 oktyabrda "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qiladi.

Ayni damda "temiryo'lchilar" oldindagi mas'uliyatli uchrashuvga qizg'in tayyorgarlik olib borishmoqda. Bugun ham toshkentliklar "Lokomotiv" stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. Unda jamoaning barcha a'zolari zo'r ishtiyoq bilan shug'ullanishdi.

Dastlab jismoniy yuklamalar bajarilgan bo'lsa, keyin asosiy e'tibor oldindagi o'yinda qo'llanadigan taktikani amalda sinab ko'rishga qaratildi.

Quyida jamoamizning mashg'ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz