

So'nggi yillarda o'zbek futbolining grandi darajasiga ko'tarila olgan “Lokomotiv” shu paytga qadar 2 marta O'zbekiston kubogi finalida ishtirok etgan. Jamoa dastlab 2014 yilgi finalda “Bunyodkor”ni qo'shimcha daqiqalarda kiritilgan gol evaziga mag'lub etgan. O'tgan yili esa “Lokomotiv” “Nasaf”ni kichik hisobda mag'lub etib, ikkinchi bor mamlakat kubogiga ega chiqdi.
Shu tariqa, O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi bu yil ham o'z unvonini munosib himoya qilishga yaqin turibdi.




