

“Temiryo'lchilar”ga bu safar Muborakning "Mashal" jamoasi raqiblik qiladi.
“Lokomotiv” mazkur bellashuvga hozirlikni davom ettirmoqda. O'tkazilgan mashg'ulot jarayonida barcha futbolchilar ishtirok etdi. Tarkibda hech qanday yo'qotishlar va jarohat olganlar yo'q. Mashg'ulot jarayonida asosan to'p bilan bajariladigan mashqlarga va standartlarni aniq amalga oshirishga e'tibor qaratildi.
Takidlash joizki, “Lokomotiv” futbolchilari bugun Muborak tomon yo'lga chiqishadi. Ertangi uchrashuv "B.Vafoev" nomli stadionda soat 16:00da boshlanadi.






