"Lokomotiv" Jasur Jaloliddinovni muxlislarga tanishtirdi

Alisher
8 avg 2020, 15:41
Moskvaning "Lokomotiv" klubining yangi a'zosi Jasur Jaloliddinov muxlislarga tanishtirildi.

Bugun "temiryo'lchilar" dastlab kecha bo'lib o'tgan Rossiya Superkubogi doirasidagi "Zenit"ga qarshi o'yindan so'ng tiklanish mashqlarini bajarishdi. E'tiborlisi mashg'ulot ochiq o'tdi va stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi. Jamoa shu orqali yangi mavsum oldidan muxlislar bilan o'ziga xos uchrashuv tashkil etdi. 

Yuqori kayfiyatda o'tgan mashg'ulotlardan keyin klubga kelgan yangi futbolchilar tanishtirildi. Dastlab o'zbekistonlik Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv" o'yinchisi sifatida muxlislarga tanishtirildi. Hamyurtimiz tanishtiruv jarayonida o'z fikrlarini ham bildirib o'tdi.


"Barchaga xayrli kun. Bu yerda ajoyib muxlislar borligini bilaman. Barchani xursand qilish uchun borimni beraman.

Aleksey Miranchukdan ko'p narsa o'rganishim kerak. Bu menga foydali bo'ladi deb o'ylayman. Miranchuk hujumni yakunlashda juda bosiq. U penaltilarni ham sovuqqonlik bilan bajaradi. Men ham unga o'xshashni istayman.

Bosim yo'q, ammo mas'uliyat bor. Sababi ko'pchilik meni kuzatadi. Shu bois ikki karra ko'proq ishlashim kerak. Bu borada Aleksey Miranchuk, murabbiylar menga yordam berishmoqda", - deydi Jasur Jaloliddinov.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia