"Lokomotiv" futzal klubi ikki bor mag'lub bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
1 avg 2015
Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan "Lokomotiv" futzal klubi guruh o'yinlarining ikkalasida ham mag'lub bo'ldi.

Ahad Yusupov shogirdlari dastlab Yaponiyaning "Nagoyya Oshinz" jamoasiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, bugun Qirg'izistonning "MFS Emgek" jamoasiga 3:8 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Kechagi bahsda Sarvar Shoahmedov va Aleksandr Shin raqib darvozasiga to'p kiritgandi, bugungi o'yinda esa Feruz Faxriddinov ikkita to'p kiritgan bo'lsa, yana bir gol Sarvar Shoahmedov hisobiga yozildi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia