

Ushbu hamkorlik samarasi o'laroq "Lokomotiv" yoshlar jamoasining ikki nafar futbolchisi Angliya klubida malakasini oshirish imkoni tug'ildi. Kecha darvozabon Rustam Nartajiev va himoyachi Sergey Proxorov klub vakillari bilan birgalikda Tumanli Albionga yetib borishdi. "Flitvud Taun" klubi murabbiylari va rahbarlari vakillarimizni xursandchilik bilan kutib olishdi. Ikkala futbolchi 3 oy mobaynida ingliz klubi safida o'z tajribalarini oshirishadi. Rustam Nartajiev 45, Sergey Proxorov esa 42-raqamli futbolkalarni qabul qilib olishdi.





