Barton: "Neymar - futboldagi Kim Kardashyan"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018
"Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Flitvud Taun"da bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Joi Barton PSJ hujumchisi Neymarni model Kim Kardashyanga tenglashtirdi.

"Olti yoshli o'g'lim dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lmoqchi va u Ronaldu, Messi va Saloh haqida gapiradi, biroq Neymarni esga olmaydi. Uyimizda uning ismi tilga olinmaydi. Neymar - futboldagi Kim Kardashyan. U jahondagi eng kuchli futbolchilardan emas, buni Rossiyadagi mundialda ko'rdik. U Kardashyan kabi PRni yaxshi ko'radi. Meni braziliyalik atrofidagi ajiotaj hayron qoldiradi" - deydi Barton.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe