"Lokomotiv" "Bunyodkor" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda FOTO

Narzulla Saydullayev
23 noya 2017, 08:31
O'zbekistonning ikki karra chempioni - Toshkentning "Lokomotiv" klubi navbatdagi uchrashuvini Oliy Liga-2017 so'nggi turi doirasida poytaxtimizning yana bir nomdor jamoasi - "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar"ning "qaldirg'ochlar"ga qarshi bellashuvi 25 noyabr kuni "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. Ayni paytda chempionlar mazkur o'yinga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda. Jamoa o'z qarorgohida shug'ullanmoqda. Barcha mashg'ulotlarda ko'tarinki ruhda shug'ullanmoqda. Faqatgina Ikrom Aliboev yakka tartibda mashg'ulot o'tamoqda.

Quyida "temiryo'lchilar"ning navbatdagi mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:

  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz