Lizarazyu "Al Nassr"ga transfer bo'lgan Komanni tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2025, 14:04
Fransiya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionati g'olibi Biksant Lizarazyu Kingsli Komanni "Al Nassr"ga o'tgani uchun tanqid ostiga oldi.

Koman o'tgan oy "Bavariya"ni tark etib, Saudiya Arabistoni Pro ligasi vakili "Al Nassr"ga o'tgandi.

O'z vaqtida "Bavariya"da o'ynagan Lizarazyu o'z intervyusida shunday dedi:

"Hech kim meni Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish sport tanlovi ekanligiga ishontira olmaydi. Bu sizning o'sishingizga yordam beradigan liga emas. Koman Angliya kabi Yevropaning yirik ligalaridan birida o'ynashi mumkin edi. Bu sizni cho'qqiga undaydigan tanlov emas.

"Al Ittihod" a'zosi N'Golo Kante hali ham terma jamoaga chaqiriladi, ammo Koman hali yosh ekanligini hisobga olsak, bu yerda sportdagi nomutanosiblik haqida gap ketmoqda".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Telefoot